Xurmo bozori: talab oshmoqda, sifatli mahsulot taklifi esa qisqarishi mumkin
Xurmo bozori: talab oshmoqda, sifatli mahsulot taklifi esa qisqarishi mumkin
Xurmo bozori: talab oshmoqda, sifatli mahsulot taklifi esa qisqarishi mumkin
2026/2027-yilgi xurmo mavsumi boshlandi. Staay Food Group’ning 16-sentabrdagi sharhiga ko‘ra, yangi mavsumda talabning o‘sishi va ob-havo ta’sirida hosilning kamayishi bozorning asosiy omillaridan bo‘lishi kutilmoqda.
🗺 Valensiyada hosil 34% kam bo‘lishi mumkin
Ispaniyaning Valensiya hududida do‘l va bo‘ronlar xurmo bog‘lariga zarar yetkazgan. LA UNIÓ fermerlar tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, hududdagi hosil o‘tgan mavsumga nisbatan taxminan 34% kamayishi kutilmoqda. Ayniqsa, yuqori sifatli mahsulot taklifi cheklanishi mumkin.
🗺 Niderlandiyada xurmo savdosi 50% dan ortiq o‘sgan
Sharhda keltirilgan Circana ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yildan beri Niderlandiya chakana bozorida xurmo savdosi ham hajm, ham pul qiymati bo‘yicha 50% dan ortiq oshgan.
🟠 Bu mavsumda xurmolar yirikroq bo‘lishi kutilmoqda
Ispaniyadan dastlabki yetkazib berishlar boshlangan. Mahsulot hajmi oktabr o‘rtalaridan ko‘payishi, mavsum esa 2027-yil fevral boshigacha davom etishi prognoz qilinmoqda.